
Balotelli "Real"ni "troll" qildi
Italiyalik mashhur futbolchi, hozirda Turkiyaning "Adana Demirspor" jamoasida to‘p tepadigan Mario Balotelli "Real" Madrid klubini "troll" qildi.
"Barselona" - ikki stadionga ega yagona klub. Birinchisi "Kamp Nou"da ular futbol o‘ynashadi, ikkinchisi "Santyago Bernabeu"da ular mashg‘ulot o‘tkazadi", - dedi "super Mario".
Eslatib o‘tamiz, Balotelli o‘z vaqtida "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul" va "Nitstsa" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 2012 yil Evropa chempionatida Italiya terma jamoasi bilan kumush medallarga ega chiqqan.
Fikrlar