Balotelli yana A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 2 oktabr, 2024, 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur hujumchi Mario Balotelli yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Italiyalik mashhur jurnalist-insayder Nikolo Skiraning fikricha, 34 yoshli hujumchi "Jenoa" jamoasiga o‘tishi mumkin.

Ammo genuyaliklar uchun ustuvor vazifa hujum markazini emas, balki Ruslan Malinovskiyning dahshatli jarohati tufayli yarim himoya markazini kuchaytirish, deya qayd etadi manba.

Eslatib o‘tamiz, Balotellining Italiyadagi so‘nggi jamoasi “Monza” bo‘lgan va ushbu klubni 2021 yilda tark etgan. Shundan so‘ng u faoliyatini Turkiyaning "Adana Demirspor" va Shveytsariyaning "Sion" klublarida o‘ynadi. Joriy yilning yozidan buyon Mario erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!