Bangladeshdagi legionerlarimiz tomonidan bayram dasturxoni yozildi

  • 15 may, 2021, 00:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir qator mamlakatlarda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Oxirgi paytlarda Bangladesh chempionatida legionerlarimiz soni ko‘payib qoldi. E’tiborlisi, u erdagi futbolchilarimiz tez-tez ko‘rishib turishadi. Bu safar Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Bangladeshda to‘p surayotgan barcha o‘zbekistonlik o‘yinchilar bir joyga jamlandilar.

Tecno

bangladesh1

Avvalo u erda to‘p surayotgan legionerlarimiz bilan tanishtiramiz: bular – Otabek Valijonov, Ildar Mamatkazin, Furqat Hasanboev, Shukur Po‘latov, Evgeniy Kochnev, Sirojiddin Rahmatullaev, Xolmurod Xolmurodov, Dilshod Nazirov, Islom Abduqodirov va Saiddoston Fozilov.

Dakka shahrida, Valijonovning xonadonida hayit bayrami munosabati bilan ziyofat uyushtirildi. Qizig‘i, futbolchilarimiz tomonidan tashkillashtirilgan mazkur bayram dasturxoni mahalliy televidenie tomonidan ham yoritildi. Bu esa Bangladeshda o‘zbekistonlik o‘yinchilarga e’tibor yuqoriligini bildiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!