"Baqiroq" "Napoli"da qoladi

"Napoli" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Klub prezidenti Aurelio de Laurentis 42 yoshli mutaxassis bilan 13 iyun kuni Italiya Kubogi doirasida "Inter"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsgacha ushbu masala bo‘yicha uchrashib tashkillashtirmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, "Napoli" Gattuzoga 2022 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv taklif qiladi. Unga ko‘ra, "baqiroq" Neapolda yiliga 1,5 million evro ishlab topadi.

Gattuzo "Napoli" boshqaruviga 2019 yil dekabrida kelgan. Uning qo‘l ostidagi jamoa 26 turdan so‘ng A Seriya turnir jadvalida 39 ochko bilan 6 o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!