
Barchasini yangi murabbiy hal qiladi!
Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"da qolishi haqidagi savolga javob berdi.
"Men hal qilmayman. Ronalduning klub bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Qarorni yangi murabbiy direktorlar kengashi bilan kelishgan holda qabul qilishi kerak.
U bugun va "Tottenxem"ga qarshi bahsda hamon maydonda katta o‘zgarishlar qila olishini ko‘rsatdi. Krishtianu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanligi bejizga emas", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli goleador joriy mavsum APL doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar