
“Barsa”, PSJ va “Yuventus” “Arsenal” yarim himoyachisini talashmoqda
Evropaning grand klublari hisoblangan “Barselona”, PSJ va “Yuventus” klublari “Arsenal” yarim himoyachisi hisoblangan Tomas Partini olib kelish haqida o‘ylamoqda.
So‘nggi kunlarda ganalik futbolchi joriy mavsum Arteta boshchiligidagi klubdagi o‘rnidan norozi. Shu bilan birga, o‘yinchining shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Klub mutasaddilari esa hali yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Shu bois, Tomas yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, qishda ham xavbekka bir necha grand klublar qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
“Caught Offside” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Parti uchun Kataloniyaning “Barselona”, Parijning PSJ va Turinning “Yuventus” klublari eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Agarda londonliklar futbolchini to‘liq sotmoqchi bo‘lsa, ushbu 3 top klub futbolchini jalb qilishga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli o‘yinchi bu mavsum “to‘pchilar” safida 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda uning Transfermarkt portalidagi narxi 15 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar