“Barsa” Angliyaga futbolchi jo‘natadi

  • 10 noyabr, 2020, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni tark etishi kerak bo‘lgan navbatdagi nomzod – hujumchi Martin Breytueytga Angliya premer-ligasidan taklif tushdi.

Tecno

29 yoshli daniyalik futbolchini “Everton” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu jamoa rahbariyati Martinni asosiy to‘purar Dominik Kalvert-Lyuinga yordam bera olishi va hujumni keskin kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.

Breytueyt joriy yil boshida “Leganes”dan olib kelinganidan keyin “Barsa” tarkibida atigi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib bitta gol urdi. Yangi mavsumda esa u atigi 40 daqiqa o‘ynadi xolos. Ronald Kuman bu futbolchiga imkon bermasligini va u ketishi kerakligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!