"Barsa" "Arsenal" hujumchisini ko‘zlab qo‘ydi

  • 05.03.2025 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Gabriel Martinellini sotib olishni rejalashtirmoqda 
 
Flik boshchiligidagi "ko‘k-anorranglilar" "kanonirlar" hujumchisi Martinellini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchi uchun 45 million evro to‘lashga tayyor va kelishuvga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shishi mumkin. 
 
"Fichajes" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati 23 yoshli futbolchini jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rmoqda. 
 
Shuningdek, ispaniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Klubning Gabriel uchun taklif qiladigan futbolchisi hozircha oshkor qilinmagan, biroq kataloniyaliklar bu orqali londonliklar bilan kelishuvga erishmoqchi. 
 
Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" esa Martinellini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘radi va uni qo‘yib yuborishga shoshilmaydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik qanot hujumchisi joriy mavsum 35 ta bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!