
“Barsa” bu yulduzni ushlab qololmaydi
“Barselona” rahbariyati o‘yini ochilib borayotgan Usmon Dembele mavsum yakunlangach, “Pari Sen-Jermen” safiga o‘tib ketishiga amin bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda Diario Sport nashri.
Manbaning xabar berishicha, futbolchining agentlari mavsum oxirida yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha biror ishni amalga oshirmayapti. Frantsiyalik hujumkor futbolchi klubda baxtiyor ekani, holati yaxshilangani, muhim o‘yinchiga aylanganiga qaramay, uning Kataloniyadan ketish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
“Barselona” ham bir qator takliflari rad etilganidan keyin Dembelega yangi bitim berish bo‘yicha dastlabki qadamni tashlaslikka qaror qilgan. Agar Usmon jamoada qolishni istasa, rahbariyatga shaxsan murojaat qilishi kerak.
Tabiiyki, bunday vaziyatda shartlarni klub mutasaddilari qo‘yadi. Ular Dembelening talablarini bajarishni istamayapti.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Dembele PSJ vakillari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan va “Barselona” rahbariyatidan yangi shartnoma so‘ramaydi.
Fikrlar