"Barsa" "Chelsi" futbolchisi bilan kelishib oldi

  • 14 fevral, 2022, 21:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi“ himoyachisi Sesar Aspilikueta yozda jamoadan ketishga qaror qildi. U “aristokratlar“ bilan shartnomasi yakuniga etgach, erkin agent sifatida “Barselona“ga o‘tmoqchi.

Tecno

“Sport“ nashrining xabar berishicha, agar ingliz klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasa, 32 yoshli ispan La Ligaga ko‘chib o‘tadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Sesar allaqachon “ko‘k-anorranglilar“ bilan kelishuvga erishgan.

Qayd etish lozim, “Chelsi“ sardorining jamoa bilan tuzilgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sesar Aspilikueta joriy mavsum APLning 17 uchrashuvida 2 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!