
“Barsa” futbolchisi boshqa jamoaga o‘tdi
“Gamburg” klubi “Barselona”ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Lyudovig Reys bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu bitim to‘rt yil muddatga tuzilgan.
“Barselona” bu futbolchini 2019 yilning yozida xarid qilgan edi, biroq Reys asosiy jamoa safida birorta uchrashuvda qatnamagan.
Kataloniya klubi murabbiylar ishonchini qozona olmagan gollandiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Osnabruk” sharafini himoya qildi. Uning klubda kelajagi yo‘qligini inobatga olgan kataloniyaliklar boshqa jamoaga o‘tishiga qarshilik qilmadi.
Fikrlar