“Barsa”dan ketsam ham, Ispaniyada qolaman!

  • 20.05.2023 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” safida Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan Ansu Fati jamoadan ketishga tayyor ekanini bildirdi.

20 yoshli futbolchi etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Fati kelasi yili ham Xavi Ernandes jamoasida zaxira futbolchisi bo‘lib qolishni istamayapti.

Hozirning o‘zida unga Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Vulverxempton” kabi klublaridan jiddiy qiziqish bor.

Biroq, Todo Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, Fati “Barselona”ni tark etgan taqdirda ham faoliyatini La Ligada davom ettirmoqchi.  

Ma’lumotlarga qaraganda, Ansu Fati kataloniyaliklarning ashaddiy raqiblaridan – “Atletiko” yoki “Sevilya”ga o‘tib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!