
“Barsa” futbolchisi ustozini xafa qilib, do‘stini tanladi
Kataloniyani tark etishi kerak bo‘lgan Arturo Vidal qiyin tanlovni amalga oshirishga majbur bo‘ldi.
Chililik futbolchini ikki qadrdoni – “Yuventus”ni boshqarayotgan Andrea Pirlo va “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z jamoasiga taklif qildi.
Vidal faoliyati davomida Pirlo bilan birga o‘ynagan va Kontening qo‘l ostida to‘p surgan edi.
Arturo “Yuventus” bilan Chempionlar ligasida zafar quchish imkoniyati ko‘proq ekanini inobatga olib, Pirloning taklifini qabul qiladigan bo‘ldi.
33 yoshli yarim himoyasi “Barselona”da i2018 yildan beri o‘ynayotgan edi. Uning transfer summasi 11 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar