"Barsa" futbolchisi xizmatiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda

  • 17 mart, 2022, 17:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dan qiziqish bor. Qayd etilishicha, "qizil iblislar" urugvaylik iste’dod sohibiga 8, "kanonirlar" esa 6 million evro maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qilmoqda.

Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Uning transferi 35 million evroga baholanmoqda.

Arauxo "ko‘k-anorranglilar" sharafini 2018 yildan beri himoya qilib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u asosiy jamoa safida 70 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!