“Barsa” futbolchisiga olti liganing o‘n bitta jamoasidan chorlov bor
“Barselon” vingeri Runi Bardjining yozgi transfer oynasi davomida kataloniyaliklar safini tark etishi ehtimoli oshib bormoqda.
Entoni Gordon va Karim Adeyemi transferlaridan keyin bosh murabbiy Hans-Diter Flik shvetsiyalik futbolchiga tayanmoqchi emas va klub uning ketishi bo‘yicha variantlar ustida ish olib bormoqda.
Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
20 yoshli futbolchiga Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Portugaliya, Angliya va Italiya klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Runiga da’vogarlar qatorida “Aston Villa”, “Sanderlend”, “Everton”, “Fulxem”, “Brayton”, “Lids Yunayted”, “Ayaks”, “Marsel”, “Portu”, “Yuvеntus” va “Borussiya Dortmund” klublari tilga olinmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Bardjining o‘zi ijarа variantini afzal ko‘rmoqda va “Barselona”ni butunlay tark etishni istamaydi.
Klub esa bitimni 27 iyul kuni Angliyada boshlanadigan mavsumoldi yig‘iniga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Bir yil avval kataloniyaliklar shvetsiyalik futbolchi uchun 2,5 million yevro to‘lagan edi.

Fikrlar