“Barsa” futbolchisini olmasak bo‘lmaydi

“Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinya Dias Ispaniya chempionatidagi bir yillik faolliyatidan so‘ng, yana Angliya Premer-ligasiga qaytib ketishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga kelgunga qadar Angliyada “Lids” sharafini himoya qilgan. SportWitness nashrining ta’kidlashicha, 26 yoshli futbolchiga bu gal “Nyukasl” o‘z tarkibidan joy bermoqchi.

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin boyib ketgan klub, Rafinyaga har mavsum uchun 12 million evrodan maosh to‘lashni taklif qilyapti.

“Barselona”da Rafin shu paytga qadar 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol va o‘n bitta assist muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.

“Nyukasl” bu transferni amalga oshirishi uchun 50 million evrodan ko‘proq pul tikishiga to‘g‘ri keladi. Kataloniyaliklar braziliyalik o‘yinchini olishga 58 million evro xarajat qilgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!