
“Barsa” hammani transfer bilan shokka tushirmoqchi. Nishonda tinimsiz gol urayotgan uch to‘purar!
“Barselona” mutasaddilari jamoaning asosiy hujumchisi Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
Sport.es sayti tarqatgan ma’lumotga qaraganda, kataloniyaliklar barqaror ravishda to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan uch nafar futbolchini nishonga oldi.
“Barselona” transfer nishonlari ro‘yxatiga “Manchester Siti”dan Erling Xolandni, “Sporting”dan Viktor Dyokereshni, “Leyptsig”dan Benyamin Sheshkoni kiritdi.
Xans-Diter Flik bu o‘yinchilardan biri yordamida hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishni mo‘ljallayapti.
Qolaversa, 36 yoshli Robert Levandovskining ham yuqori darajada qancha muddat o‘ynashi mavhum bo‘lib turibdi. “Barselona” kabi grand klubga yosh, tezkor va ko‘p gol uradigan forvard kerak.
Fikrlar