
“Barsa” hujumchisi rahbariyatdan xafa bo‘ldi
“Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, hujumchi Mefmis Depay "Barselona"ni tark etishga qaror qildi.
Futbolchi murabbiylar shtabining o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi, chunki rahbariyat Memfisga ishonch bildirmayapti.
Gollandiyalik 28 yoshli futbolchisiga asosiy da’vogar "Yuventus" bo‘lib turibdi. Kataloniya klubi hujumchini klub bilan shartnomani uzaytirsa, uni ijaraga berishga tayyor.
O‘tgan mavsum futbolchi "Barselona"ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, Depay Kataloniya klubiga 2020 yilning yozida erkin agent sifatida o‘tgan edi.
Fikrlar