
“Barsa” ikki superyulduzni ko‘zladi
“Barselona” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida Serxio Aguero va David Alabani tarkibga qo‘shib olmoqchi.
O‘z klublari bilan amaldagi shartnomasini yakunlayotgan har ikki futbolchi kataloniyaliklar orzu qilganidek, jamoaga erkin agent sifatida tekinga kelishi mumkin.
Serxio Aguero “Manchester Siti” tarkibida deyarli o‘ynamayapti. U jarohatlardan tashqari, koronavirusni qayta yuqtirib oldi. “Shaharliklar” argentinalik hujumchi bilan bitimni yangilashni istamadi.
David Alabaga talab katta. U “Bavariya”dan yiliga 25 million evro maosh talab qilganidan keyin, myunxenliklar uni olib qolmaydigan bo‘ldi.
Bu ikki futbolchidan tashqari, “Barselona” Memfis Depay va Jorjino Veynaldumni ham erkin agent sifatida Kataloniyaga ko‘chib o‘tishiga ishonmoqda.
Fikrlar