
"Barsa" ikki yulduzini haydayapti
"Barselona" qishda nima qilib bo‘lmasin Filippe Koutino va Samuel Umtitidan qutulish niyatida.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar rahbariyati bu borada har qanday chorani ko‘rishga tayyor: transferdan tortib, futbolchilar bilan shartnomani bekor qilishgacha bo‘lgan variantlar qo‘llaniladi.
Agar Koutino va Umtiti klubni tark etishdan bosh tortsa, Xavi ularga bosim o‘tkazishi, qaydnomaga kiritmasligi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘ymasligi mumkin.
"Ko‘k-anorranglilar" "Manchester Siti" vingeri Ferran Torres va MYu hujumchisi Edinson Kavanini sotib olmoqchi. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa, Filippe va Samuel ketishi lozim.
Fikrlar