
“Barsa”: Katta transfer pishib qoldi
“Barselona” va “Chelsi” gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang transferi bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi.
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoani tark etgan Romelu Lukaku va Timo Verner o‘rniga to‘purar hujumchi olmoqchi bo‘lyapti. Germaniyalik mutaxassisga o‘zi yaxshi bilan Obameyang nomzodi ma’qul kelgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Barsa” va “Chelsi” 33 yoshli futbolchi transferini 20 million evro va muayyan bonuslar evaziga kelishib olgan.
Obameyangni o‘zi ham Angliyaga qaytishga rozilik bergan va “aristokratlar” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Per-Emerik Obameyang o‘tgan mavsumda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar