“Barsa” ketganlar o‘rnini super hujumchi bilan to‘ldirmoqchi
Tarkibda tozalash ishlarini davom ettirayotgan “Barselona” “Inter” hujumchisi Lautaro Martines transferidan voz kechgani yo‘q.
Kataloniyaliklar bir necha oydan buyon davom etayotgan muzokaralarni tezroq yakunlamoqchi va buning uchun so‘nggi taklifini tayyorlamoqda. “Barselona” rahbarlarining shoshilayotgani jamoani bir necha futbolchi tark etgani bilan bog‘liq. Xususan, Luis Suares, Arturo Vidal, Artur Ramos, Nelson Semedu va Ivan Rakitichdan qutilgan kataloniyaliklar ularning maoshidan 64 million funt miqdoridagi mablag‘ni tejab qoldi. Klub xo‘jayinlari bu summani Lautaroning transferiga yo‘naltirmoqchi.
Agar La Liga grandi Lautaro transferi bo‘yicha “Inter” bilan kelisha olmasa, alternativ variantlarga o‘tishi uchun ularga vaqt kerak bo‘ladi. Ayni paytda, bosh murabbiy Ronald Kuman 23 yoshli argentinalik hujumchi o‘rniga o‘z hamyurti Memfis Depayni taklif etishni talab qilmoqda.

Fikrlar