
“Barsa” Koutinoni zo‘r to‘purarga almashadi
“Barselona” klubni tark etgan Lionel Messi o‘rniga to‘purar hujumchi qidirmoqda. Shuning barobarida Ronald Kuman o‘ziga kerak bo‘lmagan va katta maosh olayotgan futbolchilardan ham qutilish yo‘lini qidirmoqda.
Braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino kataloniyaliklarning eng muvaffaqiyatsiz transferlaridan hisoblanadi. Klub bir necha mavsumdan beri katta maosh olayotgan o‘yinchidan qutila olmayapti.
Hozir kataloniyaliklar oldida yangi variant paydo bo‘ldi. “Barselona” mutasaddilari Filippe Koutinoni “Arsenal”ga taklif qilmoqda. Londonliklar braziliyalik yulduz evaziga o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan Per-Emerik Obameyangni Kataloniyaga jo‘natishi lozim.
Bundan tashqari, “kanonirlar” yana bir mashhur hujumchi Aleksandr Lyakazettni ham transferga qo‘ymoqchi. Ular har ikki hujumchining samaradorligi pastligidan norozi bo‘lmoqda.
Fikrlar