
“Barsa” ko‘zlagan yulduzga “Chelsi” xaridor bo‘lyapti
“Napoli” etakchisi Lorentso Insine faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.
30 yoshli hujumchiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Endi “Chelsi” ham bu kurashga qo‘shildi.
Aslida “aristokratlar” yozda Erling Xoland yoki Romelu Lukakuni transfer qilmoqchi. Lekin bu ikki hujumchini olish oson bo‘lmaydi. Agar bu transferlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, Tuxel Insineni olib kelishni so‘ragan.
“Napoli”ning 30 yoshli hujumchi bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Neapolliklar tarkibida 484 ta uchrashuvda qatnashib, 155 ta samarali harakatni amalga oshirgan Insinening transferi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar