
“Barsa” Levandovski o‘rniga ko‘p gol uradigan yulduzni olib kelmoqchi
“Barselona”ning asosiy to‘purari Robert Levandovski tez orada 37 yoshni qarshilaydi. Kataloniyaliklar hozirdan unga munosib o‘rinbosar qidirmoqda.
Xans Diter Flik hujum chizig‘ini A Seriya to‘purari Lautaro Martines boshqarishini istayapti. Kataloniyaliklar qimmatbaho transferni kelasi yoz amalga oshirishni mo‘ljallayapti.
27 yoshli argentinalik hujumchi Evropaning eng barqaror to‘puraridan biri hisoblanadi. 2018 yili “Inter”ga kelganidan beri muntazam gol urish qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda.
Qizig‘i shundaki, “Barselona” 2020 yili ham Lautaro Martinesni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Biroq o‘shanda Martines jamoada qolishni ma’qul ko‘rgan. Hozir ham “Inter”ga sardorlik qilayotgan jahon chempionining Kataloniya yoki boshqa grand klubga o‘tish istagini aks ettirgan birorta xabar yo‘q.
Fikrlar