
"Barsa" Levandovskiy o‘rniga hujumchi topdi
"Ko‘k-anorranglilar" 36 yoshli polshalik hujumchi o‘rniga Evropadan bir nechta futbolchilarni kuzatmoqda.
"Barselona" "Lill" klubining forvardi Djonatan Devidni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bundan tashqari kataloniyaliklar "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshga ham katta qiziqish bildirmoqda. Biroq shvetsiyalik bombardirning transfer narxi qimmatroq bo‘lgani uchun katoloniyaliklar Kanada terma jamoasi yulduzini xarid qilish haqida o‘ylashmoqda
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Djonatan bu mavsum umumiy barcha chempionatlarda 11 ta uchrashuvda harakat qilib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar