
“Barsa” madridliklarga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini oladi
“Barselona” hozirgi moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, transfer bozorida asosiy e’tiborini erkin agent maqomidagi o‘yinchilarni olishga qaratishi odat tusiga aylanib bormoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar yozda himoya chizig‘ini mozambiklik Reynildo Mandava yordamida kuchaytirmoqchi. 30 yoshli futbolchi Madridning “Atletiko” klubi o‘yinchisi hisoblanadi.
Reynildo chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Zarur hollarda chap qanot yarim himoyachisi va markaziy himoyachi vazifalarini ham bajara oladi. Shunga qaramay, u madridliklarning asosiy tarkibiga kirishi qiyinlashib qoldi.
“Barselona” yozda madridliklar bilan shartnomasi yakunlanadigan o‘yinchini o‘z safiga chorlayapti.
Mandava Ispaniya chempionatiga kelguniga qadar bir necha yillar davomida Portugaliya va Frantsiya chempionatlarida to‘p tepgan.
Fikrlar