
"Barsa" "Manchester Siti" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Siti" va "Barselona" hujumchi Ferran Torresning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, ingliz klubi vinger uchun 70 million evro so‘ramoqda. "Ko‘k-anorranglilar" taklif qilayotgan summa esa 50 million evroni tashkil etadi.
Kataloniya klubi ispaniyalik futbolchi bilan to‘liq kelishuvga erishdi. "Barsa"ga o‘tish uchun Ferran maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Torres bu mavsum "shaharliklar" safida jami 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar