
“Barsa” Messi va bir gala yulduzlarni tekinga oladi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozgi transfarlar vaqtida jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Klub rahbariyati moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib, mavsumlar oralig‘ida asosan erkin agentga aylanadigan futbolchilarni transfer qiladi. Shu bois, mutasaddilari o‘z jamoalari bilan shartnomasi tugayotgan o‘yinchilarni yanvarda muzokaraga chorlashi kutilmoqda.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar taklif qiladigan futbolchilar ro‘yxatida PSJ bilan hamkorligi yakunlanib borayotgan Lionel Messi bor.
Bundan tashqari, Xavi o‘z jamoasida Marko Asensio (“Real”), N'Golo Kante va Jorjino (“Chelsi”), Inigo Martines (“Atletik” Bilbao), Milan Shkrinyar (“Inter”) kabi erkin agentga aylanayotgan ijrochilarni ko‘rmoqchi.
Fikrlar