
"Barsa" Messini ortga qaytarish uchun MLS klubi bilan reja tuzdi
"Barselona" klubi "Inter Mayami" bilan Lionel Messini ortga qaytarish ustida ishlamoqda. Moliyaviy feyr-pleyni chetlab o‘tish uchun kataloniyaliklar MLS jamoasi bilan qo‘shma g‘oya tayyorladi.
Reja "Inter Mayami" Messini sotib olishidan va keyin uni "Barselona"ga 6 oydan 18 oygacha ijaraga berishdan iborat. Bu Leoga o‘zi ishtirok etishni istagan 2024 yilgi "Kopa Amerika"gacha yuqori saviyada o‘ynash imkonini beradi.
Amaldagi jahon chempioni joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 40 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 20 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar