“Barsa” Messining raqami bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 19 avgust, 2021, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoani tark etgan Lionel Messining 10-raqami bo‘yicha bir qarorga keldi.

Unga ko‘ra, bu raqam bir mavsum davomida bo‘sh turadi. Keyin vaziyatga qarab, bu raqam klub akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan biriga topshiriladi.

Messi ketganidan keyin hech bir futbolchi undan qolgan raqamni olishga botina olgani yo‘q. Ronald Kuman 10-raqamni braziliyalik pleymeyker Filippe Koutinoga taklif qilgan edi. Keyinroq argentinalik to‘purar Serxio Aguero ham hamyurtiga tegishli bo‘lgan raqamni olishni istamadi.

Lionel Messining o‘zi esa PSJga borganidan keyin 30-raqamni tanladi. Parij klubida 10-raqamda o‘ynayotgan Neymar Messiga o‘z raqamini bermoqchi bo‘ldi. Biroq, argentinalik hujumchi bunga ko‘nmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ravshanov Sharofiddin
21/08/2021 10:59
Manimcha bu raqamni Ansufati oqlay oladii