
"Barsa" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jarohati tufayli noyabr oyidan buyon maydonga tushmayotgan hujumchi Ansu Fati haqida ma’lumot berdi.
"Biz Ansuni yaxshi ko‘ramiz. Uning qaytishini bilish biz uchun ajoyib yangilik. U o‘z ustida juda yaxshi ishlamoqda.
U fundamental o‘yinchi. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz. Agar shunday qilsak, uni mavsum yakuniga qadar uni yo‘qotish xavfi bor.
Shuning uchun, men Fatini to‘liq tayyor bo‘lguncha kutishni afzal ko‘raman. Gap uning jismoniy formasida», - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real" bilan o‘yin 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar