“Barsa” nima uchun Mukokoni sotib ololmadi?

  • 23.12.2022 03:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” “Borussiya”ning 18 yoshli futbolchisi Mukokoga qiziqmoqda. Ammo ushbu transfer qishda amalga oshmaydi. Bu haqda insayder Jerard Romero xabar bermoqda.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya klubi Mukokoni sotib olishni rejalashtirgan, lekin moliyaviy feyr-pley sabab uni qo‘lga kiritish imkoni yo‘qoldi. Hujumchi 2023 yilning yozida erkin agentga aylanadi. “Barsa” uni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mukoko ushbu mavsum barcha chempionatlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!