“Barsa” “Nyukasl” ko‘zlagan yulduzni tortib olmoqchi

  • 16 oktabr, 2021, 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingardning xaridorlari tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

Bu o‘yinchiga anchadan beri “Vest Xem” xaridor edi. Keyin mahoratli yarim himoyachiga “Nyukasl” og‘iz sola boshladi. Endi yozda erkin agentga aylanadigan Lingardga “Barselona” va “Milan” ish taklif qilmoqda.

“Manchester Yunayted” sentyabr oyida o‘yini ochilib borayotgan futbolchiga yangi bitim bergandi. Biroq, bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherning muntazam o‘yin amaliyoti bermayotganini inobatga olgan Jessi Lingard taklifni rad etdi.

Lingard o‘ziga ko‘proq o‘yin vaqti taqdim etilishini kafolatlaydigan jamoaga o‘tish istagini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!