“Barsa” olayotgan futbolchi Xaviga yoqmayapti

  • 12.08.2023 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesga klub rahbariyati transfer qilayotgan “Valyadolid”ning o‘ng qanot himoyachisi Ivan Fresneda nomzodi yoqmayapti.

Insayder Xoan Poki ispaniyalik murabbiy bu pozitsiyasiga tajribaliroq o‘yinchini olish kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

Fresnedaning transferi kataloniyaliklarga 20-30 million evro atrofida tushadi. Bu o‘yinchiga “Arsenao” va “Borussiya Dortmund” ham qiziqish bildirgan edi.

“Barselona” rahbariyati Fresnedani qo‘lga kiritgani bilan Xavi Ernandes uni tajriba oshirishi uchun boshqa klubga ijaraga berib yuborilishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!