“Barsa” o‘z futbolchisiga boshqa jamoa topib berdi

  • 4 iyun, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Fransishku Trinkau  kelasi mavsumni o‘z yurtida o‘tkazadigan bo‘lib turibdi.

Tecno

Portugaliyalik hujumkor futbolchini mamlakat chempioni “Sporting” o‘z safiga chorlamoqda. Bu jamoa 21  yoshli o‘yinchini kelasi mavsum uchun sotib olish huquqisiz ijaraga olishga tayyorligini bildirmoqda.

Fransishku o‘z hamyurtlari taklifini qabul qilish orqali etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish barobarida Chempionlar ligasining guruh bosqichida ham to‘p tepish imkonini qo‘lga kiritadi.

Trinkau “Braga”dan olinganidan keyin “Barselona” safida Ispaniya chempionatida 28 ta uchrashuv o‘tkazdi. U har bir uchrashuvda o‘rtacha 25 daqiqa to‘p tepdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!