“Barsa” o‘z yulduzidan bunday munosabatni kutmagan edi...

  • 19.04.2021 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati jamoaning hujumkor futbolchisi Usmon Dembelening xatti-harakatlaridan ranjidi.

Kataloniya klubi mutasaddilari yaqin kelajakda frantsiyalik yarim himoyachi jamoaning etakchilaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda va shu bois, unga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Shunga qaramay, Dembeleni klubning birorta so‘roviga javob bergani yo‘q va takliflarni bee’tibor qoldirmoqda.

“Barsa” o‘yini ochilib borayotgan Dembelega uch yillik bitim taklif qilyapti. Futbolchi bunga hech qanday munosabat bildirmaganidan keyin klub rahbariyati uning javobini mavsum oxirigacha kutishini bildirdi. Agar shu muddat ichida yangi kelishuv imzolanmasa, kataloniyaliklar Usmonni transferga qo‘yadi.

Dembelening transferi klub tomonidan 50 million evroga baholanmoqda. Amaldagi shartnoma yana bir yil davom etishini hisobga olib, “Barselona” yozda bir qarorga kelishi kerak bo‘ladi.

Dembele bu mavsumda Ispaniya chempionatida 24 ta uchrashuvda beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!