“Barsa” O‘zbekistonga gol urgan futbolchini oladi

  • 24 avgust, 2024, 11:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Almeriya” o‘ng qanot himoyachisi Mark Pubil faoliyatini superklubda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Tecno

"Goal.com" saytining yozishicha, iste’dodli fubolchi “Barselona” skautlarining nazariga tushgan. Kataloniyaliklar bu futbolchini Jyul Kundega o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. 

Pubil avvalroq “Atalanta”ga o‘tishi kelishilgandi. Bergamoliklar bu o‘yinchi uchun 20 million evro berishga rozi bo‘lgan. Biroq Olimpiya o‘yinlarida Ispaniya terma jamoasi g‘olib chiqqanidan keyin futbolchi “Atalanta”ga tibbiy ko‘rikka bormadi. 

Mark Pubil Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, ispanlarning Parijdagi ilk goliga mualliflik qildi. 
21 yoshli futbolchining Segundada ishtirok etayotgan “Almeriya” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!