“Barsa” o‘zi tarbiyalagan yulduzni “Arsenal”ga jo‘natdi

  • 1 iyun, 2023, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozda bosh murabbiy Xavi Ernandesga kerak bo‘lmay qolgan bir necha futbolchilardan qutilishi kerak.

Tecno

O‘z davrida Lionel Messining vorisi sifatida e’tirof etilgan va katta umidlar bilan 10-raqam topshirilgan Ansu Fati ham ketadiganlar ro‘yxatining eng yuqori qismida turibdi.

Kataloniyaliklar klub tarbiyalanuvchisini olishni so‘rab, “Arsenal”ga murojaat qildi, deb yozmoqda Ispaniyaning AS nashri.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ansuning otasi Bori Fatining klub mutasaddilari bilan munosabati buzilgan. U bir necha marotaba o‘g‘li klubni tark etishini ta’kidlagan.

“Arsenal” hali kataloniyaliklarning taklifiga javob qaytarmadi. Ansu Fatiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!