"Barsa" prezidenti "Real" xo‘jayini Peresdan g‘azabda...

  • 11.06.2026 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real Madrid" rahbari Florentino Peresdan qattiq norozi. Bu haqida OK Diario nashri xabar berdi.

Kataloniya klubi rahbariyatining fikricha, "Real" Xulian Alvares uchun bozor narxini sun’iy ravishda ko‘tarib yuborgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" mutasaddilari "Atletiko" bilan 100–120 million yevro atrofidagi summaga kelishuvga juda yaqin bo‘lgan.

Biroq shundan so‘ng "Real" sahnaga chiqib, argentinalik hujumchi uchun 150 million yevro taklif qilgan. Bu esa muzokaralar sharoiti va transfer narxini keskin o‘zgartirib yuborgan.

Laportaga ko‘ra, Peresning bunday qadami "Barselona"ga zarar yetkazish maqsadida qasddan qilingan. Uning ta’kidlashicha, "Real" aslida Xulian Alvaresni imzolash niyatida bo‘lmagan, faqat uning transfer qiymatini oshirishga harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!