“Barsa” qaysar futbolchisini ketishga ko‘ndirdi

  • 22 may, 2020, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaliklar yarim himoyachisi Artur “Yuventus”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. “Barselona” uni Miralem Pyanichning transferiga qo‘shmoqchi.

O‘z navbatida, “Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bosniyalik futbolchini Kataloniyaga faqatgina bir shart bilan qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan edi. U “Barsa”dan Arturni berishni so‘ragan.

Braziliyalik futbolchi esa boshida Turinga ko‘chib o‘tishga ko‘nmasdan qaysarlik qilgandi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumda La ligada 16 ta o‘yinda uchta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!