
"Barsa" rahbariyatining ko‘ngli to‘lmadi. Ular yana bir "bomba" transferga qo‘l urmoqchi
"Barselona" hamon yozgi transferlar oynasidagi ishlarini yakunlagani yo‘q.
Ayni vaqtda kataloniyaliklarning asosiy maqsadi "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish hisoblanadi.
Yozda "ko‘k-anorranglilar" rahbarlarining asosiy maqsadi Robert Levandovski, Jyul Kunde va Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish bo‘lgan. Ayni vaqtda ulardan ikkitasi Kataloniya klubiga kelib qo‘shildi.
Ayni vaqtda jamoaning amalga oshirilgan xaridlardan ko‘ngli to‘lmagan. Ular qanday qilib bo‘lsa ham portugaliyalik xavbekni olishni istaydi.
Fikrlar