
“Barsa” so‘ngan yulduzni “Nyukasl”ga o‘tkizmoqchi
“Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayinlari katta maosh olayotgan braziliyalik futbolchini transferga qo‘yadi. Ular bu orqali “Nyukasl” Koutinoga e’tibor qaratib, uni sotib olishiga erishmoqchi.
O‘z vaqtida jahonning eng zo‘r pleymeykerlaridan bo‘lgan Filippe Koutino “Barselona”da o‘ynab keta olmadi. Bundan buyog‘iga klub unga imkon bermoqchi emas.
Koutinoning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Uning hozirgi transfer summasi 20 million evroni tashkil qilmoqda.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 11 marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol urdi xolos.
Fikrlar