“Barsa” tarkibi qayta tuziladi
Yakunlangan mavsumda nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Barselona” yozgi transferlar vaqtida tarkibini qayta tuzishga qaror qilgan. O‘tgan yili yozda boshlangan yoshartirish siyosati bu yil yanada kuchaytiriladi.
Joan Laporta rejasiga ko‘ra, jamoani yoshi katta, jamoaga foydasi tegmayotgan, maoshi pasaytirilishiga qarshilar va shuningdek, katta maosh oladigan mashhur futbolchilar tark etishi kerak bo‘ladi.
Xususan, yozda klub tajribali himoyachilar Jordi Alba va Serji Roberto, yarim himoyachilar Serji Buskets, Filippe Koutino va Usmon Dembele, hujumchilar Antuan Grizmann, Martin Breytueyt xizmatidan voz kechmoqchi.
Hozircha, Laporta Kuman o‘rniga bosh murabbiy masalasini hal qilmoqda. Shundan so‘ng, navbat jamoaga keladi.



Fikrlar