“Barsa” tekinga keladigan o‘yinchi uchun qimmatbaho yulduzidan voz kechadi

  • 12 dekabr, 2024, 13:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari yozda Germaniya terma jamoasi a’zosi Jonatan Ta bilan hamkorlik shartnomasini tuzishni maqsad qilgan.

Tecno

Bundesliganing amaldagi chempioni “Bayer” sharafini himoya qilayotgan 28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Kataloniyaliklar Tani erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishni ko‘zlayapti. Bu himoyachi “Barselona”da Ronald Arauxoning o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.

Klub mutasaddilari 25 yoshli urugvaylik himoyachini qimmatroq narxga boshqa klubga sotib yubormoqchi. Arauxo yozda Amerika kubogi doirasidagi uchrashuvda olgan og‘ir jarohatini davolatayotgani tufayli bu mavsum hali biror marotaba maydonga tushgani yo‘q.

Transfermarkt portali eksertlari urugvaylik markaziy himoyachini 70 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!