“Barsa” tubanlikka bormoqda yoxud klub Frenki de Yongga tahdid qilishni boshladi

  • 8 avgust, 2022, 17:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachi Frenki De Yongga nisbatan sud choralarini ko‘rish bilan tahdid qilmoqda.

“Ko‘k-anorranglilar” 22 yoshli gollandiyalik yarim himoyachidan "Barsa" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishni talab qilmoqda, chunki uning klub bilan kelishuvida "jinoyatchilik dalillari" mavjud.

“The Athletic” insayderi Devid Ornshteyn o‘z tvitter sahifasida shunday deb yozdi: "Barselona" 15 iyul kuni Frenki de Yongga klubning eski rahbariyati ostida tuzilgan shartnoma bo‘yicha jinoiy dalillar borligini va barcha ishtirokchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini aytdi. "Barselona" undan shartnomani bekor qilishni va klub shartlarga ko‘nishi kerakligini talab qilgan”.

O‘tgan oyda "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli De Yongni "Manchester Yunayted"ga 85 million evroga sotishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi, biroq futbolchining "qizil iblislar" safiga o‘tishni istamasligi. "Barsa" maosh borasida Frenkidan qarzdor. Shu bois, gollandiyalik klubdan ketishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!