
"Barsa" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Anchelotti nimalar dedi?
"Real" Ispaniya kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Barsa"ga qarshi o‘yinda qatnashib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz butun uchrashuv davomida yaxshi o‘ynadik, bo‘lmasa 4:0 hisobida zafar quchmagan bo‘lardik. Benzema "oltin to‘p"ni yutishi mumkinmi? nimaga yo‘q. U qaytdi."
"Kamavinga juda yosh, u Rafinyaga qarshi ajoyib harakatlandi," - dedi italiyalik mutaxassis.
Karloning "Real"ni tark etishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lgan. Agarda mutaxassis qo‘l ostida jamoa mavsumni sovrinsiz yakunlasa, unga chiqish eshikalri ko‘rsatiladi. Ammo klub ayni paytdagi sport formasi bilan har bir chempionatda favorit bo‘lib turibdi.
Fikrlar