“Barsa” uzoq yillar o‘ynaydigan yangi futbolchi topdi

  • 16 dekabr, 2020, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” kelajakda Serji Bustketsning o‘rnini bosadigan va uzoq muddat Kataloniyada faoliyat olib borishga tayyor yangi markaziy yarim himoyachi qidirmoqda.

Tecno

Ayni paytda kataloniyaliklar ana shunday futbolchi “Roma”da to‘p surayotganini aniqladi. 22 yoshli Gonsalo Vilyar “Barselona”ni kuchaytira olishi aytilmoqda. Bu futbolchi rimliklar tarkibiga 2020 yilning yanvarida qo‘shilganidan beri A Seriyada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z mahoratini namoyish eta oldi.

“Barselona” ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Vilyarning “Roma” bilan shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt.de  portali futbolchining narxini 3 million evroga baholayotgani ham moliyaviy inqirozdagi “Barselona”ga qo‘l keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!