“Barsa” va “Arsenal” hech kim tanimaydigan hujumchini talashmoqda
“Eybar”da ijara asosida to‘p tepayotgan “Sevilya” hujumchisi Brayan Xil katta jamoalar e’tiboriga tushdi. Ayni paytda “Barselona” va “Arsenal” 20 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Garchi bu futbolchining nomi chiqmagan bo‘lsa-da, shartnomasida uning transfer summasi 35 million evroga baholangan. Shu summa evaziga Xilni har qanday jamoa sotib olishi mumkin.
Joriy mavsumda Xil primerada 15 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi va ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar