
“Barsa” va PSJ “Manchester Yunayted” futbolchisiga hujum boshladi
“Barselona” himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalotni jamoaga olib kelmoqchi. Portugaliyalik yosh futbolchiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.
Biroq, MYu bosh murabbiyi Sulsher 21 yoshli himoyachini o‘z jamoasida olib qolib, unga imkon bermoqchi. Ayni paytda portugaliyalik futbolchi o‘zidan tajribali bo‘lgan himoyachilar – Lyuk Shou va Aaron Van-Bisakkaga raqobatda yutqazib qo‘yyapti.
Joriy mavsumda atigi to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan Dalotning MYu bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan.
Fikrlar